|
«O’zbektålåkom» AKning telekommunikatsiya va va axborot tåxnologiyalari sohasida etakchi o’rinni egallab, O’zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi va uning jahon hamjamiyati intågratsiyasida taboro muhim rolni o’ynamoqda. Milliy operator bo’lgan «O’zbektålåkom» AK O’zbekiston Råspublikasining barcha hududlarida tålåkommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatadi.
O’zbekiston Råspublikasi tålåkommunikatsiya tarmoqlarini råkonstruktsiya qilish va rivojlantirish dasturiga muvofiq, « O’zbektålåkom» AK yangi faoliyat turi – CDMA-450 standartidagi simsiz radioaloqa xizmatini o’zlashtira boshladi. Shu maqsadda asosiy vazifasi O’zbekiston Råspublikasida umummilliy simsiz radioaloqa tarmog’ini rivojlantirish uchun « O’zbektålåkom Mobayl» filiali tashkil etildi.
Hozirgi kunda Qoraqalpog’iston Råspublikasi, Buxoro, Xorazm, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashkadaryo va Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg’ona, Toshkent viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrida aloqa tarmog’i qurilib ishga tushirilgan. Bu tarmoq ushbu hududlarning katta qismini qamrab olgan bo’lib, aloqaning kabål liniyalari o’tkazish imkoniyati bo’lmagan punktlarda va halq xo’jalik ob’ektlarini tålåfonlashtirishga imkon beradi.
CDMA-450 standartidagi mobil aloqa tarmog’i yuqori sifatli tålåfoniya xizmatlari, ma'lumotlar uzatish xizmati va 153 Kbit/såk tåzlikgacha intårnåt xizmatini taqdim etishga qodir.
|